Turizmni darslikdan emas, ishlab turgan turagentlikda oʻrgatamiz
← Barcha keyslar

Taʼlim · Makon, Toshkent · 2026-yil dekabridan

Turizmni darslikdan emas, ishlab turgan turagentlikda oʻrgatamiz

Makonda oflayn guruhlar: jonli sinf, ustoz yoningizda va devor ortida Madina Central Asia turagentligining haqiqiy ishi.

Oʻquvchi turizmni amalda koʻradi: turoperatorlarning haqiqiy bron tizimlarida ishlaydi va mehmonxonaga borib, xonalarni oʻz koʻzi bilan koʻradi.

Oʻqish qanday tashkil etilgan

1 oy, 13 ta dars, har biri 2 soat va undan koʻp. Kichik guruhlar — 8 kishidan, haftada 3 marta: Du–Chor–Ju yoki Se–Pay–Sha.

3 ustoz — har biri oʻz mavzusida

1

oy

2+

soatlik dars

8

kishi guruhda

3

ustoz

Mohinur — turizm: turizm asoslari, davlatlar, tur paket va bron. Turizmda 4 yillik tajriba, 500+ mijoz, 20+ turoperator bilan hamkorlik.

Madina — target reklama: mijozlarni internet orqali jalb qilish. Kasbi — targetolog, 200+ loyiha.

Abbos Reimov, Madina Central Asia direktori — R&D (tadqiqot va rivojlantirish). Shveysariya, Latviya va Rossiyada marketing va sotuv bo‘yicha malaka oshirgan, 25+ davlatda sayohat qilgan.

Dastur: 13 dars, 15 mavzu — turizm asoslari, tashqi turizm (Turkiya, BAA, Misr, Qatar, Osiyo, orollar, yaqin xorij), kirish va ichki turizm, tur paket va narx, sotuv, SMM va raqamli koʻrinish (GEO), risk-menejment. Yana — mehmonxonaga tashrif va Toshkent boʻylab master-klass.

Kurs oxirida

Kursdan keyin oʻquvchi mijoz soʻrovini qabul qiladi, bron tizimida mos turni topib bron qiladi, Oʻzbekiston boʻylab tur dasturi tuza oladi va mijoz topib sotadi. Kurs yakunida sertifikat beriladi, yaxshi oʻqiganlarga — tavsiya xati. Bitiruvchilar Makon kovorkingida tayyor ish joyini ijaraga olib, ofis ochmasdan ishlashi mumkin.

Turizmga kirmoqchimisiz?

Narxi: Standart (8 kishigacha guruhda) — $450, VIP (yakka tartibda) — $2 500. Jadval va boʻsh joylar boʻyicha bizga yozing.

Makonda kutib qolamiz!

WhatsAppda yozish