
Korporativ tur · 15–16 avgust 2026 · Zomin
5 filial — bitta sport bayrami: «Oʻzsanoatqurilishbank» xodimlari Zomin togʻlarida
Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlab «Oʻzsanoatqurilishbank» ATBning beshta filiali — Toshkent shahar, Rakat, Olmazor, Buxoro va Navoiy — 300 dan ortiq xodimi uchun Zomin togʻlarida ikki kunlik dam olish va sport musobaqalarini tashkil qildik.
Korporativ sayohatlar, jamoaviy dam olish va sport musobaqalari — biz ixtisoslashgan yoʻnalish. Shuning uchun bunday tadbirlarning har bir bosqichini oʻzimiz rejalashtiramiz va oʻzimiz oʻtkazamiz.
Vazifa
Uch shahardan kelgan beshta jamoani bir kunda, bir vaqtda Zominga yetkazish, joylashtirish va hammani bitta dasturga birlashtirish.
Tadbir koʻlami
300+
ishtirokchi
3
shahar
5
filial
1
manzil
Buxoro
2 avtobus · 1 Hyundai
Navoiy
1 avtobus
Toshkent
3 avtobus
Shuncha mehmonni bir joyga sigʻdirish uchun bir vaqtning oʻzida uchta mehmonxonani band qildik — «Tryp by Wyndham Zomin», «Ramada Encore by Wyndham» va «Zomin Suffa».
Tadbir shu qadar katta boʻldiki, uchta mehmonxonaning hududi ham yetmadi — umumiy dastur va musobaqalar uchun «BNB Zafaron» mehmonxonasining qoʻshimcha maydonini ham jalb qildik.
Barcha ishtirokchilarga yagona futbolkalar tarqatildi, tadbirning koʻlamini toʻliq koʻrsatish uchun esa dron yordamida suratga olish ham tashkil qilindi.


Spartakiada
Dam olish maskanida xodimlar oʻrtasida toʻrt sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazdik: shashka, darts, arqon tortish va quvnoq startlar. Gʻoliblarga diplom va kuboklar topshirildi.



Biz uchun eng muhimi — mehmonlar kayfiyati
Bu ikki kun davomida jamoamiz har bir detalga eʼtibor berdi: kim qaysi avtobusda, kim qaysi xonada, musobaqa qachon boshlanadi — hammasi oldindan oʻylangan edi. Xodimlar ish tashvishlarini unutib, togʻ havosida dam olishdi, bir-birlari bilan bellashib, gʻalabani birga nishonlashdi. Mehmonlarimiz mamnun boʻlib qaytishdi — biz uchun bundan katta baho yoʻq.
Dam olish



Korporativ tadbirlar — bizning ixtisosligimiz
Jamoangiz uchun ham shunday sayohat tashkil qilamiz: 50–200 kishilik guruhlar, transport, joylashtirish, dastur va musobaqalar — hammasi bizda.
Bunday xizmatlarni koʻrsatishdan doim mamnunmiz!
WhatsAppda yozish